1 iyuldan boshlab aholiga kredit berish talablari kuchaytiriladi

Iqtisodiyot 22:05 / 23.02.2024 21255

1 iyuldan boshlab O‘zbekiston banklari uchun aholiga kredit berish bo‘yicha talablar kuchaytiriladi. Bu haqdagi qaror Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov tomonidan imzolandi. 

Qaror bilan «qarz yuki» ko‘rsatkichi joriy etilmoqda, u o‘rtacha kredit to‘lovlarining qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati orqali hisoblanadi. 

Qarz yuki ko‘rsatkichi (QYuK) — bu qarz oluvchi o‘rtacha oylik daromadining soliqlar chegirib tashlangandan keyin barcha kreditlari va qarzlari bo‘yicha shartnoma to‘lovlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ulushi hisoblanadi. QYuK qiymatining pastligi qarz oluvchining daromadlari va xarajatlari balansi mavjud kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashga imkon berishini ko‘rsatadi. Yuqori darajasi esa ortiqcha qarzni bildiradi, ya’ni qarz oluvchi har oy daromadining asosiy qismini qarzni to‘lashga sarflashga majbur bo‘ladi. 

Hozir O‘zbekistonda qarz yuki talabi faqat mikrokreditlarga nisbatan qo‘llanadi va 50 foizni tashkil etadi. 2024 yil 1 iyuldan boshlab barcha kreditlarni (shu jumladan, mikrokreditlarni) berishda kreditorlar o‘z mijozlarining qarz yuki 60 foizdan oshmasligini ta’minlashi shart. 

2025 yil 1 yanvardan boshlab bu ko‘rsatkich 50 foizgacha qisqartiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: