Xitoy O‘zbekistonga tez yordam uchun elektromobillar yetkazib beradi

O‘zbekiston 15:10 / 22.02.2024 6000

Xitoyning Henan Costar Group kompaniyasi O‘zbekistonga tez tibbiy yordam elektromobillari yetkazib beradi. Bu bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xitoy Savdo-sanoat palatasi hamda Henan Costar Group o‘rtasida qiymati 150 mln dollarlik shartnoma imzolandi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi bosh direktori Abduvoit G‘afurovning qayd etishicha, kompaniya tomonidan Iveco maxsus reanimatsion elektromobillari taqdim etilgan. «Bular test sinov tariqasida O‘zbekistonning turli hududlari, issiq, tog‘li, sovuq hududlarida foydalanilib ko‘riladi hamda natijasi bo‘yicha tez yordamga joriy etiladi», — dedi u.

Iveco elektromobillari bitta quvvatlashda 450 kmgacha harakatlanib, yoqilg‘i-moylash masalasida 10 baravar tejamkor hamda namlik va issiqlikka chidamli hisoblanadi.

Elektromobillar sinov muddatidan yaxshi o‘tgach investitsiya asosida xarid qilinadi. Keyingi bosqichda servis ko‘rsatish, modifikatsiya qilish bo‘yicha zavod tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: