Namanganda ichimlik va oqova suv tariflari oshiriladi

O‘zbekiston 16:56 / 22.02.2024 5941

22 fevral kuni xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar belgilandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 30 yanvar kuni viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov «Namangan suv ta’minoti» kompaniyasida bo‘lgan. Soha mutaxassislari viloyat rahbariga aholi uchun 1 kub metr ichimlik suvga 4000 so‘m narx belgilashni taklif etgan.

Hokim bu summani kamaytirish uchun topshiriq berib, uning manbalarini ham ko‘rsatib o‘tgan. Jumladan, eng avvalo, tizimdagi «rejalashtirilgan yo‘qotish» ko‘rsatkichlarini kamaytirish lozimligini ta’kidlagan.

Shunday qilib, viloyatda ichimlik suvi uchun yangi tariflar deputatlar qarori bilan (kub metri uchun) quyidagicha etib belgilandi:

  • aholiga — 3500 so‘m (bungacha 2550 so‘m bo‘lgan);
  • budjet va boshqa tashkilotlarga — 7000 so‘m (bungacha 3350 so‘m).

Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar:

  • aholiga — 800 so‘m (bungacha 700 so‘m);
  • budjet va boshqa tashkilotlarga — 975 so‘m (850 so‘m).

Yangi tariflar qachondan boshlab kuchga kirishi noma’lum.

Ko‘proq yangiliklar: