Britaniyada to‘rt kunlik ish haftasi bo‘yicha sinov muvaffaqiyatli deb topildi

Jahon 23:20 / 22.02.2024 6427

To‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish bo‘yicha olti oylik loyihada ishtirok etgan Buyuk Britaniya kompaniyalarining aksariyati (89 foizi) bu rejimni saqlab qoldi. Bu haqda CNBC eksperiment ishtirokchilari o‘rtasida o‘tkazilgan yangi so‘rovnomaga tayanib yozdi. 

Har ikkinchi kompaniya (51 foiz) tajriba tugaganidan keyin doimiy ravishda ushbu jadvalga o‘tdi. Sinovda ishtirok etgan barcha 61 kompaniyaning rahbari to‘rt kunlik ish haftasi ijobiy ta’sir ko‘rsatganini, 55 foizi esa «juda ijobiy» ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi. 

Autonomy tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, direktorlarning 82 foizi yangi jadval xodimlarning farovonligiga ijobiy ta’sir qilganini, 56 foizi kadrlar almashinuvi kamayganini va 32 foizi to‘rt kunlik hafta yangi ishchilarni yollashda yordam berganini aytdi. Boston kolleji sotsiologiya professori va yakuniy hisobot mualliflaridan biri Juliyet Shor natijalarni a’lo deb atadi va ba’zi kompaniyalarda vaziyat hali ham yaxshilanayotganini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: