YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Jahon 14:33 / 21.02.2024 3448

Yevropa Ittifoqi kengashi Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni uzaytirdi. Bir kun oldin qabul qilingan va 20 fevral, seshanba kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilgan rezolyutsiyada cheklov choralari 2025 yil 24 fevralgacha uzaytirilgani aytiladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Rossiya kuch ishlatishga taqiqni buzishda davom etar ekan, shu bilan xalqaro huquqni jiddiy buzyapti. Bunda, Yevropa Ittifoqi tomonidan shu kungacha kiritilgan «barcha choralarni kuchda saqlash maqsadga muvofiq» va zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha choralar ko‘rish lozim.

Yevroittifoqning Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalari to‘plami Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi arafasida – 2022 yil 23 fevralda Moskva Donbassdagi separatistik tuzilmalar «mustaqilligini» tan olgani uchun qabul qilingan edi.

Sanksiyalar 2022 yil 6 oktyabrda - Rossiyaning Ukrainaning Donetsk, Xerson, Luhansk va Zaporijjya viloyatlari hududlarini anneksiya qilgani haqidagi e’loniga javoban kengaytirildi.

Ko‘proq yangiliklar: