Tramp o‘zining vitse-prezidenti lavozimiga ehtimoliy nomzodlarni sanadi

Jahon 23:30 / 21.02.2024 7305

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakat yetakchisi lavozimi uchun kurashda o‘zining vitse-prezidenti bo‘lishga ehtimoliy nomzodlarni sanab o‘tdi. U 6 nafar siyosatchini nomladi, deb xabar berdi Fox News nashriga tayanib «Interfaks». 

«To‘g‘risini aytsam, bu odamlarning barchasi yaxshi. Ular yaxshi, ishonchli odam», dedi u telekanalga bergan intervyusida. 

Ro‘yxatga Trampning respublikachilar praymerizidagi sobiq raqiblari – Florida gubernatori Ron DeSantis, senator Tim Skott va tadbirkor Vivek Ramasvami kiritildi. Tramp, shuningdek, Janubiy Dakota gubernatori Kristi Noem, Vakillar palatasi a’zosi Bayron Donalds va 2022 yilda Demokratik partiyani tark etgan sobiq vakil Tulsi Gabbardni ham vitse-prezident lavozimiga salohiyatli nomzodlar deb atadi.

Fox News nashrining ta’kidlashicha, Tramp ko‘pincha bunday bayonotlarni tayyorgarliksiz beradi va bu ro‘yxat to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Xususan, kanal Desantis vitse-prezident lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkinligiga shubha qilmoqda, chunki o‘tgan yil davomida siyosatchilar bir-birini ko‘p bora tanqid qilishgan. 

Partiya ichidagi saylovlar iyun oyida yakunlanadi. Prezidentlikka nomzod e’lon qilinadigan Respublikachilar partiyasining qurultoyi iyul oyida bo‘lib o‘tadi. 

AQSh prezidenti saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: