Shvetsiya Ukrainaga yangi yirik harbiy yordam paketini topshiradi

Jahon 15:02 / 21.02.2024 3621

Shvetsiya Ukrainaga qariyb 7,1 milliard shved kronasi (taxminan 633 million yevro) miqdorida harbiy yordam beradi, deb xabar berdi Shvetsiya Mudofaa vazirligi 20 fevral, seshanba kuni. Qayd etilishicha, bu Stokholmdan Kiyevga yuboriladigan 15-harbiy yordam paketi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davridagi eng yirik harbiy yordam bo‘ladi.

Rejalashtirilgan yetkazib berishlar orasida taxminan 2 milliard krona (178 million yevro) qiymatidagi artilleriya o‘q-dorilari, zenit-artilleriya va miltiqlar mavjud. Bundan tashqari, paketga dengizdagi desant va hujumkor-desant katerlari, shuningdek, boshqa qurol va tibbiy jihozlar kiradi. Yana 1 milliard krona Ukrainaning xalqaro fondlari orqali 10 ga yaqin yangi zirhli jangovar mashinalarni sotib olish uchun mo‘ljallangan.

Shvetsiya mudofaa vaziri Pol Jonson: «Biz Ukrainani zaruratga qadar qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz», dedi.

Rossiya Ukrainaga yordamning kechikishidan foydalanmoqda - Zelenskiy

19 fevral, dushanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv viloyati Kupyansk yo‘nalishidagi pozitsiyalariga tashrif buyurganidan so‘ng, Rossiya armiyasi qurolli kuchlarga yordam ko‘rsatishdagi kechikishlardan foydalanayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ko‘p sonli rezervchilarni frontga tortmoqda va shu bilan bir qancha sektorlarda «juda og‘ir vaziyat» yaratmoqda. Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev «qo‘llab-quvvatlashni yangilash va kengaytirish uchun» hamkorlar bilan qattiq ishlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: