Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:55 / 21.02.2024
22104
6 daqiqa o‘qiladi
Rossiyadan qaytarilgan bolalar va Avdiyivkadan chiqqan askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 727-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF qo‘shini Ukrainaga dron va raketalar bilan hujum qildi. Ukraina QK ma’lumotiga ko‘ra, 23 ta dronning barchasi urib tushirilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
- RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya qo‘shini Xerson oblastining Dnipr daryosi chap sohilida joylashgan Krinki posyolkasi egallangani haqida ma’lum qildi, Ukraina qurolli kuchlari yozda bu yerda o‘z platsdarmini tashkil etgandi. Ukraina tomoni hozircha bu borada izoh bermadi.
- Germaniyadagi hukmron koalitsiya Ukrainaga uzoq masofaga harakatlanuvchi qurollar berish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani tayyorladi. Katta ehtimol bilan gap Kiyev anchadan buyon so‘rab kelayotgan Taurus raketalari haqida bormoqda. Hujjatning o‘zida raketalar haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri gap ketmagan.
- Rossiyada ayblov tomoni Qur’oni karimni yoqqan Nikita Juravel uchun 3,5 yillik qamoq jazosi so‘radi. Tergov ayblanuvchi Ukraina xavfsizlik xizmati topshirig‘i bo‘yicha harakatlangan deb hisoblamoqda.
- Moskva sudi Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatgan siyosatchi Leonid Gozmanni sirtdan hibsga oldi. Gozman Rossiyada yashamaydi.
- FXX Yekaterinburgda Rossiya va AQSh fuqarosi bo‘lgan ayol davlatga xiyonat bo‘yicha qo‘lga olinganini ma’lum qildi. U Ukraina qurolli kuchlari uchun pul yig‘ishda ayblanmoqda.
- AQSh Aleksey Navalniyning o‘limi va Ukrainadagi urushning ikki yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yirik paketini anons qildi. Hozircha hech qanday tafsilotlar ma’lum emas.
Ukrainalik bolalar Rossiya va Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlaridan qaytishi

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Bosib olingan Avdiyivkaning panorama ko‘rinishi

Minoborony RF / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Avdiyivkadan chekingan ukrain askarlari portretlari

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Kramatorskdagi vayrongarchilik

Jose Colon / Anadolu / Getty Images
Putinning Shoygu bilan uchrashuvi

Aleksandr Kazakov / Sputnik / AP / Scanpix / LETA
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Valeriy Melnikov / EPA / Scanpix / LETA

Valeriy Melnikov / EPA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

10:27
Tramp Ukrainaga Patriot komplekslari yetkazib berilishini e’lon qildi

16:42 / 13.07.2025
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?

12:59 / 13.07.2025
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda

23:38 / 12.07.2025