Janubiy Koreya va Xitoy bola tarbiyasiga sarflanadigan xarajatlar ko‘pligi bo‘yicha yetakchiga aylandi 

Jahon 21:37 / 21.02.2024 6348

Xitoyning YuWa demografik tadqiqot instituti qaysi mamlakatlarda bolani tarbiyalash eng qimmatga tushishi bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Bu haqda «Kommersant» xabar berdi. 

Tadqiqot mualliflari turli mamlakatlardagi ota-onalarning farzand tug‘ilishidan uning 18 yoshga to‘lguniga qadar sarflagan o‘rtacha xarajatlarini hisoblab chiqqan va bu miqdorlarni mamlakatdagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM bilan taqqoslagan. 

Janubiy Koreya o‘rganilgan 14 davlat orasida birinchi o‘rinni egalladi: u yerda 18 yil davomida bolani tarbiyalash xarajati aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotdan 7,8 baravar yuqori — taxminan 258 ming AQSh dollari. 

Xarajatlar Xitoy va Italiyada ham yuqori – aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotdan 6,3 barobar. Keyingi o‘rinlarni Buyuk Britaniya (5,3 barobar), AQSh (4,1 marta), Germaniya (3,6 marta), Shvetsiya (2,9 marta) va Avstraliya (2,1 marta) egallagan. 

Tadqiqotda boshqa omillar ham o‘rganildi, masalan, tug‘ish va bola tarbiyasining ayollar va erkaklar ish haqiga ta’siri. 

«Xitoydagi hozirgi ijtimoiy muhit bola tug‘ayotgan ayollar uchun unchalik qulay bo‘lmagani sababli, ayollar uchun vaqt va imkoniyatni yo‘qotish darajasi juda katta. Farzand ko‘rish va tug‘ish xarajatlarining yuqoriligi, shuningdek, bu yerdagi ayollarning oila va ishni birlashtirishda qiynalayotgani kabi omillar tufayli Xitoyda farzand ko‘rishga o‘rtacha tayyorgarlik dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi», deyiladi xabarda.

 

Ko‘proq yangiliklar: