Toshkentda 126 mln so‘m moddiy zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi

O‘zbekiston 07:45 / 19.02.2024 3540

“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Olmazor tumani Allon mahallasida yashovchi 27 yoshli D.K. noqonuniy mayning ferma tashkil qilgani aniqlangan.

Ushbu mayning ferma elektr tarmog‘idan noqonuniy foydalanishi natijasida jami 126,3 mln so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: