Qaysi hudud aholisida yengil avtomobillar soni ko‘pligi ma’lum qilindi

O‘zbekiston 07:39 / 19.02.2024 45425

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, 2023 yil mobaynida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 362 ming 525 taga oshgan. 

Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar sonining eng ko‘pi Toshkent shahrida – 597 ming 931 ta. Mazkur reytingda keyingi o‘rinda Samarqand viloyati – 417 ming 165 ta. 

Boshqa hududlarda:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 161 926 ta; 
  • Andijon viloyati – 271 885 ta;
  • Buxoro viloyati – 241 855 ta; 
  • Jizzax viloyati – 109 657 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 297 305 ta;
  • Navoiy viloyati – 109 274 ta;
  • Namangan viloyati – 247 032 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 233 675 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 75 116 ta;
  • Toshkent viloyati – 414 645 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 354 858 ta; 
  • Xorazm viloyati – 226 721 ta.
Ko‘proq yangiliklar: