O‘zbekistonda qariyb 500 ming tibbiyot xodimining raqamli texnologiyalar bo‘yicha malakasi oshiriladi

O‘zbekiston 09:04 / 19.02.2024 2151

«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, axborot tizimlaridan foydalanish hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish mo‘ljallanmoqda.

Qayd etilishicha, bu borada hududlar kesimida reja-jadval ishlab chiqib tasdiqlanadi. 

Reja asosida o‘qitish ishlarini tashkil etish ham ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, raqamli texnologiyalar bo‘yicha soha xodimlarining malakasi quyidagicha oshiriladi:

- 2024 yilda 65 ming;
- 2025 yilda 75 ming;
- 2026 yilda 80 ming nafar.

Ko‘proq yangiliklar: