Barcha hududlarida bosqichma-bosqich yagona tez tibbiy yordam axborot tizimi ishga tushiriladi 

O‘zbekiston 10:46 / 19.02.2024 2430

«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, amalda mavjud tibbiy xizmatlar xatlovdan o‘tkaziladi.

Biznes jarayonlari modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtiriladi, Yagona portal orqali sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 17 tadan 24 taga yetkaziladi.

Yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi mobil ilova orqali ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi. Tez tibbiy yordam xizmatida infrastruktura, radioaloqa tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan o‘rnatilgan tartibda kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich «Yagona tez tibbiy yordam» axborot tizimi ishga tushiriladi. Elektron sog‘liqni saqlash yagona platformasiga mavjud axborot tizimlari doirasida talablar ishlab chiqiladi va axborot tizimlari joriy etiladi.

Bunda, yagona elektron tibbiy karta, elektron shifoxona, elektron poliklinika, elektron retsept va elektron sanatoriy tizimlari yo‘lga qo‘yiladi hamda mobil ilova ishlab chiqiladi. Elektron sog‘liqni saqlash yagona platformasi «Elektron hukumat» tizimiga integratsiya qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: