Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan xonadonlar aniqlandi

O‘zbekiston 12:28 / 18.02.2024 5101

Shahrisabz va Kitob tumanlarida o‘z xonadonida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Shahrisabz shahar, Shahrisabz va Kitob tumani bo‘limlari, IIB xodimlari bilan o‘tkazgan tezkor tadbirlarda bir qancha fuqarolar o‘z xonadonida tashkil etgan yashirin sexlarda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgani aniqlangan.

Ulardan 274 l yog‘, 421 kg chigit, 5 dona elektr dvigatel, juvoz uskunalari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: