Avdiyivka uchun jang. Rossiya armiyasi shaharni egallashi arafasidagi so‘nggi kunlar

Jahon 14:39 / 18.02.2024 18940

Ukrainadagi urushning 724-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Avdiyivkani to‘liq egalladi.
  • Volodimir Zelenskiy xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida chiqish qilib, Putinda «faqat ikkita ehtimoliy yakun borligini aytdi — Haaga tribunali yoki hozir u uchun o‘ldirayotganlar tomonidan biri qo‘lida o‘lim topish».
  • Rossiya sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi yadroviy kosmik qurol ishlab chiqishga urinmoqda, deb xabar qildi CNN.
  • Ukraina QK Rossiya hududlari bo‘ylab dronlar orqali yoppasiga hujum uyushtirdi. RF mudofaa vazirligi beshta region ustida 33 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi.
  • Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mamlakat parlament Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi bo‘yicha hujjatni 26 fevral kuni boshlanadigan keyingi sessiyada ratifikatsiya qilishiga va’da berdi.

Avdiyivka — Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk chekkasida 2015 yilda barpo etilgan mustahkam istehkomi edi. Rossiya armiyasi Avdiyivka tomon 2023 yil oktyabrida yirik yurish boshladi — va katta yo‘qotishlarga uchradi. 17 fevral kuni RF qurolli kuchlari baribir butun shahar hududini, jumladan shahardagi asosiy istehkomlardan biri bo‘lgan kokskimyo zavodini ham o‘z nazoratiga oldi.

Z-kanallar rossiyalik harbiylar Avdiyivkaning turli nuqtalarida o‘z bayroqlarini o‘rnatayotgani aks etgan foto va videolarni tarqatmoqda: shaharning g‘arbiy chekkasidagi Madaniyat va texnika saroyi, shuningdek kokskimyo zavodida ham.

The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Avdiyivkadan 15 fevral kuni olib chiqila boshlagandi. Shu kuni RF qo‘shini shaharga shimoli-g‘arbdan kirib kelish qismi ustidan nazorat o‘rnatdi va ichkaridagi garnizon ta’minoti to‘xtatildi. 16 fevral kuni ukrainalik harbiylar shahar janubidagi istehkomlardan chekinishdi. 17 fevralga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari armiya Avdiyivkani tashlab chiqqanini tasdiqladi. Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov «insonlar hayotini saqlab qolish qarori to‘g‘ri bo‘lgani» va «shahar hali qaytarib olinishi»ni aytdi.

UXXning «Alfa» maxsus bo‘linmasi jangchisi Avdiyivka kokskimyo zavodi hududida. 2024 yil 6 fevral
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Avdiyivka chekkasida o‘qqa tutilgan avtomobil. 2024 yil 14 fevral
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Avdiyivka chekkasidagi yo‘l belgisi. 2024 yil 14 fevral
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrain harbiylari yakson etilgan artilleriya qurilmasi yonidan o‘tmoqda. 2024 yil 14 fevral
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Avdiyivka chekkasidagi BMP-2 ustidagi ukrain harbiylari. 2024 yil 14 fevral
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
2024 yil 14 fevral
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Lastochkino qishlog‘i ortidagi Avdiyivka kokskimyo zavodi ustida ko‘tarilgan tutun. Rossiyalik harbiylar uni «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan o‘qqa tutdi. 2024 yil 15 fevral
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Avdiyivka chekkasida istehkom qurish uchun tuproq to‘ldirilgan qoplarni tashiyotgan ukrain harbiylari. 2024 yil 17 fevral
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaning Ka-52 «Alligator» zarbdor vertolyoti Avdiyivka shahridan bir necha o‘n kilometr masofadagi Panteleymonovka posyolkasi ustida parvoz qilmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Avdiyivkaga boruvchi yo‘ldagi BMP-2 ustidagi askarlar. 2024 yil 14 fevral
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Kokskimyo zavodi ustidagi tutun. Ukrain armiyasi Avdiyivkadan chekinishi. 2024 yil 17 fevral
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Chekinishni muhokama qilayotgan ukrain harbiylari. 2024 yil 17 fevral
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Selidovo o‘qqa tutilishi oqibatlari

14 fevralga o‘tar kechasi rus qo‘shini Donetsk oblastining Selidovo shahridagi turar joy va shifoxonaga raketa zarbalari yo‘lladi. Ukrain rasmiylariga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lgan — ular orasida homilador ayol ham bo‘lgan; 12 kishi yaralangan — jumladan to‘rt nafar bola ham. Quyida ushbu hujum oqibati aks etgan suratlar.

Rossiya raketasi kelib urilgan uy atrofida turgan selidovoliklar
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Shifoxona binosi raketa zarbasidan keyin
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari shifoxona binosidan tibbiyot jihozlarini olib chiqmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Kommunal xizmatlar xodimlari shifoxonaning oynalari sinib ketgan derazasi o‘rnini faner bilan yopmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut yaqinidagi barqarorlashtirish punkti

Ukrainalik yarador askar oldingi chiziqdagi tibbiyot punktida
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy shifokorlar barqarorlashtirish punktida yarador askarni operatsiya qilmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Shifokorlar yarador askar tanasidan chiqarib olgan o‘q parchasi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Shimoliy Don daryosi orqali o‘tgan ko‘prikning ta’mirlanishi

 

Svyatogorsk — Donetsk oblastidagi shahar. Rossiya qo‘shini uni 2022 yil iyun oyi boshida ishg‘ol etgan, o‘sha yil sentabrida esa Svyatogorsk ukrain armiyasi tomonidan ozod etilgan. Rossiyaliklar shaharni egallagan bo‘lsa-da, Shimoliy Don daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan Svyatogorsk lavri Ukraina QK nazoratida qolgandi. Rossiyalik harbiylar lavr hududini bir necha bor o‘qqa tutgan, 2022 yil may oyida Shimoliy Don orqali o‘tgan ko‘priklar portlatilgan. Quyida ukrain ishchilari tomonidan qaytadan tiklangan ko‘priklardan biri aks etgan.

Scott Peterson / Getty Images

Kupyanskda gumanitar yordam tarqatilishi 

Kupyansk aholisi vakillari insonparvarlik yordamlari solingan paketlarni ko‘tarib, vayronalar oralab ketmoqda. Xarkiv oblastining ushbu shahri yaqinida hozir Rossiyaning yangi yurishi boshlangan
Antonio Cotrim / EPA / Scanpix / LETA
Kupyansk yaqinidagi kichik qishloqlardan birining aholisi Global Empowerment Mission (GEM) tashkiloti yuborgan oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilib olmoqda
Antonio Cotrim / EPA / Scanpix / LETA
Antonio Cotrim / EPA / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: