Donald Tramp 350 million dollar jarimaga tortildi

Jahon 18:28 / 17.02.2024 8739

Nyu-York sudi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampni 350 million dollardan ko‘proq jarima to‘lashga hukm qildi. U 10 yil davomida qasddan moliyaviy firibgarlik qilganlikda aybdor deb topildi.

Sudya Artur Enorgon, shuningdek, Trampga uch yil muddatga Nyu-Yorkdagi istalgan korporatsiyada ijrochi yoki direktor lavozimini egallashni taqiqladi.

Nyu-York bosh prokurori Letisia Jyeyms tomonidan berilgan da’voda Tramp va uning oilaviy korxonalari banklarni aldash va kredit shartlarini yaxshilash maqsadida o‘n yil davomida uning boyligini yiliga 3,6 milliard dollarga oshirib ko‘rsatganlikda ayblangan.

Sudda Tramp har qanday ayblovni inkor etdi va ishni siyosiy qasos deb atadi.

Sud, shuningdek, sobiq prezidentga tegishli Trump Organization va uning filiallariga Nyu-Yorkdagi har qanday moliya institutidan kredit olish uchun ariza berishni taqiqladi.

Ammo sudya Trampning biznes litsenziyalarini bekor qilmadi, ayrim ekspertlarning fikricha, bu uning biznes imperiyasini tugatishi mumkin edi.

Bu ishda Donald Trampni advokat sifatida himoya qilgan Alina Habba so‘zlariga ko‘ra, mijozi sudya Engoron qarori ustidan apellyatsiya beradi.

Ko‘proq yangiliklar: