Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatlari va tank zavodiga borgan Putin. Urush suratlari
Ukrainada urushning 722-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Belgorod Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutildi. Region rasmiylari yetti kishi halok bo‘lib, 19 kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Rossiya tergov qo‘mitasi «terakt» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
- Financial Times nashri yozishicha, Yevroittifoq elchilari Vengriyaning pozitsiyasi tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketini kelisha olmagan.
- Rossiya armiyasi Avdiyivkaga kirish joyini egallab oldi. The Washington Post xabariga ko‘ra, ukrain qo‘mondonligi shahardagi qo‘shinlarni olib chiqishni boshlagan.
- Rossiyalik harbiylar tunda Ukrainaning qator regionlarini yoppasiga o‘qqa tutdi. Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, mamlakat hududi bo‘ylab jami 26 raketa uchirilgan, shundan yarmi urib tushirilgan.
- Sud aktyor Aleksey Paninni sirtdan hibsga oldi, u Qrim ko‘prigidagi portlash to‘g‘risidagi posti tufayli terrorizmni oqlashda ayblangan.
- Bloomberg nashri yozishicha, Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Rossiya va Ukrainani muzokaralarni davom ettirishga majburlamoqchi.
- NATO mamlakatlari Ukrainaga bir million dron yetkazib berishni va’da qildi.
Belgorod bo‘ylab zarba
16 fevral tongida Belgorod Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida, hudud gubernatori Vyacheslav Gladkovning ma’lumotiga ko‘ra, yetti kishi, jumladan bir yillik qizcha va 80 yoshli ayol halok bo‘lgan, 19 kishi tan jarohatlari olgan.
Gladkov yettita xususiy va beshta ko‘p kvartirali uylarda «turli darajadagi vayrongarchiliklar» aniqlangani, yana bir do‘kon shikastlangani haqida ma’lum qilgan. Bundan tashqari, sanoat korxonalaridan birining hududida shikastlanish qayd etilgan.
TASS agentligining kuchishlatar tuzilmalardagi manbalariga ko‘ra, Belgorod bo‘ylab zarba Ukrainaning chegaradagi Lipsi qishlog‘i hududidan turib yo‘llangan. Rossiya tomoniga ko‘ra, avvalroq Il-76 samolyoti ham shu yerdan turib urib tushirilgandi. Agentlik suhbatdoshi Belgorodga zarba «Vampir» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan yo‘llangani, endi uning joylashuvini aniqlab, «uni yo‘q qilish bo‘yicha ish olib borilayotgani»ni aytgan. Ukraina ushbu hujum yuzasidan izoh bermagan.

Emil Ligunov / Anadolu / ddp / Vida Press

Emil Ligunov / Anadolu / ddp / Vida Press

Emil Ligunov / Anadolu / ddp / Vida Press

@v_v_demidov / Telegram / AFP / Scanpix / LETA

Vladimir Putin Nijniy Tagilda
RF prezidenti Putin «Uralvagonzavod»ga tashrif buyurdi. Unga yaqin vaqtlar ichida armiyaga yetkazib beriladigan tanklar ishlab chiqarilayotgan 130-sonli yig‘iuv sexini ko‘rsatishdi.


Bucha yaqinidagi qishloq o‘qqa tutilishidan keyin hosil bo‘lgan o‘ra

Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti Velika Novosilka qishlog‘i hududidagi ukrain jangchilari

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press


Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:35 / 16.07.2025
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

08:38 / 16.07.2025