Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Oliy sudi Boris Nadejdinning Markaziy saylov komissiyasiga qarshi da’vosini ko‘rib chiqishni rad etdi
Ilgari Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Nadejdinni Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olishni rasman rad etgan edi.

Foto: Vedomosti
Moskvada Rossiya Oliy sudining majlisi bo‘lib o‘tdi, unda Boris Nadejdinning Markaziy saylov komissiyasiga qarshi da’volari ko‘rib chiqildi. Ular rad etildi, deb xabar berdi The Insider.
Birinchi da’voga ko‘ra, Nadejdin MSK talabini ortiqcha deb topishni so‘radi. Unga ko‘ra, komissiya boshqa mintaqalardan kelib Moskvada imzo yig‘uvchilar tomonidan to‘plangan imzolarni rad etdi, garchi qonun buni taqiqlamagan bo‘lsa ham.
Oliy sud Nadejdinning pozitsiyasini «mantiqsiz» deb topdi va «o‘z hujjatlarini tayyorlash va taqdim etish jarayonidagi kamchiliklarni Markaziy saylov komissiyasi hujjatlaridagi kamchiliklarni izlash yo‘li bilan xaspo‘shlaganini» qayd etdi. Shunday qilib, sud MSK qarorini qonuniy deb atadi va Nadejdinning da’vosini rad etdi.
Ikkinchi da’voda Nadejdin imzo varaqlarini tekshirish to‘g‘risidagi bayonnoma shakliga e’tiroz bildirdi. Unda dastxat bo‘yicha ekspertlar xulosasi yo‘qligini qayd qildi. Nadejdin da’vosiga ko‘ra, aynan Markaziy saylov komissiyasining dastxat bo‘yicha ekspertlari 4500 dan ortiq imzoni rad etgan, biroq buning sababini asoslab bermagan. Ushbu da’vo ham rad etildi, chunki taqdim etilgan bayonnomalardan «barcha xulosalarni chiqarish mumkin».
Ilgari Markaziy saylov komissiyasi Nadejdinni Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olishni rasman rad etgan edi. Qarorning rasmiy sababi shundaki, nuqsonli imzolar miqdori ruxsat etilgan 5 foizdan oshib ketgan. Shundan so‘ng, u Markaziy saylov komissiyasining qarori ustidan Oliy sudga shikoyat qildi. Nadejdin butun Rossiya bo‘ylab 200 mingdan ortiq imzo to‘plaganini yozdi.
«Biz imzo yig‘ish jarayonini ochiq va halol o‘tkazdik – butun dunyo bizning shtab-kvartiramiz va yig‘ish punktlaridagi navbatlarni kuzatdi. 2024 yilgi prezidentlikka nomzodim hayotimdagi eng muhim siyosiy qarordir. Men niyatimdan qaytmayman», dedi u.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
-
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:39
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

12:04
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

11:27
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi

11:20
Rossiya dumasi «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunchilikni yana kuchaytirmoqda

11:15