O‘zbekistonda Belarus traktorlarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi

Iqtisodiyot 10:23 / 15.02.2024 12067

O‘zbekistonda Belarus traktorlarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Belta» axborot agentligiga tayanib O‘zA xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, «Minskiy motornyy zavod» OAJ hamda «Planeta Servis» MChJ O‘zbekistonda dizel-generatorlari va kompressor stansiyalarini yig‘ishni tashkil etishga qaratilgan yangi loyiha bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu borada Belarus rusumli qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha litsenziya shartnomalari imzolangan. 

Qayd etilishicha, kelgusida kompaniyalar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi traktorlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda. 2023 yilda Minsk motor zavodi O‘zbekistonga traktor eksportini 2022 yilga nisbatan 1,6 barobarga oshirgan. O‘zbekistonda quriladigan yig‘ish sexi nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratadi, balki mamlakatga texnologiyalar import qilinishiga ham hissa qo‘shadi. 

Oldinroq Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida 10 dan ortiq hujjatlar imzolangandi

Ko‘proq yangiliklar: