Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari narxi oshiriladi
Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi 2023-2024 yilgi isitish mavsumi tugagandan so‘ng 15 foizga oshiriladi.
Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi 2023/2024 yilgi isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
“O‘sish elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari, shuningdek, issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun sotib olingan issiqlik energiyasi narxlarining oshishi bilan bog‘liq”, deyiladi xabarda.
Aholiga issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun yangi chakana tarif 15 foizga o‘sib, 105 754 so‘m/Gkalni tashkil etadi.
Yangi tariflar 2023-2024 kuz-qish mavsumi (isitish mavsumi) rasmiy yakunlangan kundan bir kun o‘tib kuchga kiradi.
Avvalroq, yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun 2023 yil 2 dekabrdan tariflar oshirilgandi. Mazkur narxlar o‘zgarishsiz qoladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 iyuldan e’tiboran, Fransiyaning Veolia kompaniyasi davlat-xususiy sherikchilik asosida Toshkent shahri issiqlik ta’minotining yagona operatori sifatida ish boshlagan. Hozirda Toshkent shahrida 90 foiz issiqlikni ishlab chiqarish “Tosh elektromarkaz” va “Toshkent elektromarkaz” unitar korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi, 10 foizini “Veolia”ning o‘zi ishlab chiqaradi va 100 foiz issiqlikni aholiga yetkazib beradi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
4 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
-
Niderlandiya Isroilning genotsidga da’vat qiluvchi vazirlarini «qora ro‘yxat»ga kiritdi
Jahon | 18:45
-
Bloger Farhod Mannopovning o‘limiga olib kelgan operatsiyani amalga oshirgan shifokor sudda oqlandi
Jamiyat | 18:40
Mavzuga oid

21:53 / 10.07.2025
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?

19:04 / 09.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiqlik tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi

21:16 / 26.03.2025
Ko‘p qavatli uylarni isitish yopiq tizimga o‘tadi. Bu qanday ishlaydi?

17:12 / 26.03.2025