Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Gulnora Ahmedova Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlab kelgan Gulnora Abdullayeva boshqa ishga o‘tayotganligi sababli vazifasidan ozod etilgan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Ahmedova Gulnora Mahmudovna Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Gulnora Ahmedova 1974 yilda Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida umumta’lim maktablari, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari va direktori lavozimlarida, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari va MFYda hokim yordamchisi lavozimlarida ishlagan.
U tayinlovga qadar Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Bugungacha Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Gulnora Abdullayeva boshqa ishga o‘tayotganligi sababli lavozimidan ozod etilgan. U 2022 yil 9 mart kuni ushbu lavozimga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

10:28 / 23.07.2025
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi

11:50 / 14.07.2025
Gazballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

18:19 / 08.07.2025