Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taker Karlson nega Putinga Navalniy va Rossiyadagi siyosiy qotilliklar haqida savol bermaganini tushuntirdi
Amerikalik jurnalist Taker Karlson Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan intervyu chog‘ida nega unga muxolifatchi Aleksey Navalniy va Rossiyadagi siyosiy qotilliklar haqida savol bermaganini tushuntirdi. «Har bir davlat rahbari odamlarni o‘ldiradi, shu jumladan mening mamlakatim rahbari ham», dedi u.

Foto: kremlin.ru
Fox News telekanalining sobiq boshlovchisi Taker Karlson 12 fevral kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan Jahon hukumati sammitida nutq so‘zladi. Muhokama chog‘ida amerikalik jurnalist Kremlda Vladimir Putin bilan suhbati qanday bo‘lib o‘tgani haqida gapirib berdi va o‘ziga nisbatan paydo bo‘lgan e’tirozlarga javob qaytarishga harakat qildi.
U tadbir boshlovchisining Rossiya prezidenti Ukraina bilan qarama-qarshilikda «Yalta kelishuvi yoki hokimiyat va ta’sirni taqsimlash bo‘yicha har qanday xalqaro kelishuvga o‘xshash murosaga tayyormi?» degan savoliga ijobiy javob berdi.
«Sayyoramizdagi har bir davlat rahbari, ehtimol bir qutbli dunyo davridagi Qo‘shma Shtatlardan tashqari, o‘z ishining tabiatidan kelib chiqib, murosaga borishga majbur. Bu — diplomatiya. Va u (Vladimir Putin) ham ular orasida», dedi Karlson. Uning qo‘shimcha qilishicha, Putinning pozitsiyasi Rossiya «G‘arbdan keskin javob olganidan» keyin «yanada qattiqlashmoqda».
Karlson so‘zlariga ko‘ra, Putin «bu urushdan chiqishni xohlaydi», ammo «urush davom etar ekan, muzokaralar uchun ochiq bo‘lmaydi». «Oxirgi ikki yil ichida bizga dars bo‘lgan narsalardan biri shuki, Rossiyaning sanoat salohiyati biz o‘ylagandan ham qudratliroq ekan», dedi jurnalist Rossiya iqtisodiyoti urush davrida qanday ishlayotgani haqidagi savolga javoban.
Karlson intervyu boshida Putin tarixiy ma’ruza o‘qiganini eslatib o‘tdi.
«Siz Putindan Polshani egallashga tayyormisiz, deb so‘radingiz. U esa Polsha Rossiya bilan urush boshlasagina, dedi. Ukraina Rossiya bilan urush boshlamadi, lekin Putin Ukrainaga bostirib kirdi. Nega bu savolga javob talab qilmadingiz?» deb so‘radi boshlovchi Karlsondan.
«Men shu savoldan boshladim, lekin u menga Buyuk Yekaterina va qadimgi Rus haqida o‘ttiz daqiqalik ma’ruza qildi», deb javob berdi jurnalist.
Boshlovchi, shuningdek, Karlson nima uchun Putin bilan so‘z erkinligi, Navalniy, siyosiy qotilliklar va saylov oldidan muxolifatga qo‘yilgan cheklovlar haqida gaplashmaganiga ham oydinlik kiritdi.
«Men Amerika ommaviy axborot vositalarida hamma gapiradigan narsalar haqida so‘ramadim. Men umrimni turli mamlakatlarni boshqaradigan odamlardan intervyu olib o‘tkazganman. Har bir davlat rahbari odamlarni o‘ldiradi, shu jumladan mening mamlakatim rahbari ham. Ba’zi rahbarlar boshqalarga qaraganda ko‘proq o‘ldiradi. Davlat rahbarligi qotillikni talab qiladi, kechirasiz», deb javob berdi jurnalist.
Karlsonning so‘zlariga ko‘ra, u Putin bilan suhbat tugaganidan keyin ham gaplashgan. Ammo bu suhbat mazmunini oshkor qilmadi.
Taker Karlsonning Vladimir Putin bilan ikki soatlik intervyusi 9 fevralga o‘tar kechasi jurnalistning o‘z manbalarida, jumladan uning X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida, keyinroq Kreml veb-saytida va Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40
-
Olmaota shahrining yuqori qismlarida ko‘p qavatli turar joylar qurishga moratoriy joriy etiladi
Ko‘chmas mulk | 16:39
-
Endi «beshtalik»dagi oliygohlarga kirolmagan abituriyentda oltinchi imkoniyat ham paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 16:31
-
Ikki oyda 73 ming o‘zbekistonlik o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqladi
Iqtisodiyot | 16:26
Mavzuga oid

15:03
Reuters: Tramp fikriga qo‘shilmagan AQSh amaldorlari ta’qib qilinmoqda

14:21
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi

13:59
Kreml: Putin va Tramp «yaqin kunlarda» uchrashadi

11:46