Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pilla narxi erkinlashtiriladi
Bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi. 2025 yildan pilla narxini davlat belgilashi, fermer va kasanachilar o‘zi yetishtirgan pillani faqat klasterlarga sotishi amaliyotidan voz kechiladi.

Foto: Kun.uz
Prezident ipakchilik tarmog‘ida keskin o‘zgarish qilish zarurligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, Vetnam va Xitoy tajribasi asosida pillani sanoat usulida yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi oshiriladi.
Buning uchun ikki bosqichda bozor tamoyillariga o‘tiladi.
Birinchi bosqichda bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya beriladi va pilla yetishtiruvchilar daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Ikkinchi bosqichda esa 2025 yildan narxni davlat belgilashi, klasterlarga tumanlarni biriktirish, fermer va kasanachilar o‘zi yetishtirgan pillani faqat klasterlarga sotishi amaliyotidan voz kechiladi. Ya’ni, pilla fermer va klaster o‘rtasida erkin narxda tuziladigan shartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi.
Yig‘ilishda pillachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi.
Jumladan, ipak qurtini xonadonlarga tarqatib, o‘rma tutzor tashkil etish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha tizim yaratilishi ta’kidlandi.
Ozuqa-yem bazasini ko‘paytirish uchun bu yil dalalar atrofida 150 mln yangi navli hosildor tut ko‘chatini ekish topshirildi.
Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urug‘lik stansiyasi ishga tushiriladi. Institutga xitoylik mutaxassislar taklif qilinib, naslli ipak qurti zotlarini yaratish boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

23:08 / 26.06.2025
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi

20:09 / 01.04.2025
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi

17:37 / 16.11.2024
Uy sharoitida tirik pilla yetishtirganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

16:03 / 12.07.2024