Mirabad Avenue rezidensiyasidagi qishki aksiya tugashiga ikki hafta qoldi

O‘zbekiston 13:58 / 12.02.2024 3932

Faqat fevral oyi oxirigacha sizda 24% chegirma bilan xonadon sotib olish imkoniyati mavjud.

Mirabad Avenue premium klassdagi rezidensiya barcha xonadonlar uchun foydali narxlarni e’lon qildi. Faqat 29 fevralga qadar 790 270 000 so‘mgacha tejab, 24% chegirma bilan ko‘chmas mulk sotib olishingiz mumkin.

Poydevor qurilishi boshlanganidan buyon Mirabad Avenue rezidensiyasidagi xonadonlarning narxi ikki baravar oshdi. Bu yerda narxlarning barqaror yillik o‘sishi 15-20% ni tashkil qiladi — bu ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish uchun ideal variant.

Mirabad Avenue rezidensiyasida 1 va 2 xonali xonadonlarga talab yuqori bo‘lib, egalarining so‘zlariga ko‘ra, 1 m² uchun o‘rtacha 30 dollardan ijaraga berilgan. Shunday qilib, maydoni 38,45 m² bo‘lgan 1 xonali kvartira oyiga 1200 dollarga baholanadi.

Narxlarning shakllanishiga turar joyning puxta o‘ylangan va rivojlangan infratuzilmasi bevosita ta’sir qiladi.

Aholining qulayligi uchun har bir blokda shaxsiy hovli bog‘i mavjud. So‘nggi xonadonlar sotuvda qolgan A blokida hovli maydoni 120 sotixni tashkil etadi. Bu yerda aholi ikki qavatli dam olish maskani, qahvaxona, turli yoshdagi bolalar uchun o‘yin maydonchalari, usti yopiq ayvonlar, tarbiyachi xizmatiga ega bolalarni rivojlantirish klubi va oilaviy bayramlar uchun restorandan foydalanish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, rezidensiyada Podium, Glamour Avenue va New Millennium multibrend butiklari, shuningdek Valentino, Dolce & Gabbana, Brioni, Corneliani, Kiton va boshqa hashamatli mono-brend do‘konlari taqdim etilgan savdo xiyoboni mavjud.

450 metr uzunlikdagi restoranlar bulvarida taniqli franchayzalarning kafe va restoranlari joylashadi. Bu yerda rezidensiya aholisi va mehmonlari butunlay boshqa konsepsiyalarni ko‘rishlari mumkin.

Mirabad Avenue rezidensiyasida Aleksandr Orlovning «TKX» va «Xoroshaya devochka» loyihalari, Dubaydagi mashhur Aiza Hospitality holdingining Saya kafesi o‘z eshiklarini ochdi.

Fransuz taomlari restorani Michele Cafe Boutique va Benedict kafesining yangi filiali.

Turar joydagi so‘nggi xonadonlarni sotib olish mumkin. Ularning barchasi A blokining uchinchi bosqichida joylashgan. Ushbu ajoyib taklifni qo‘ldan boy bermang — orzungizdagi xonadonni poytaxt markazidan 24% chegirma bilan sotib oling!

Batafsil ma’lumot uchun savdo ofisimizga tashrif buyurishingiz yoki quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: (+998) 93−150−55−55.

Savdo ofisining manzili: Mirobod ko‘chasi, Mirabad Avenue rezidensiyasi, D blok.

Sayt: mirabad.uz

Facebook: fb.com/mirabad.avenue

Instagram: @mirabad_avenue

Telegram kanali: t.me/mirabad_avenue

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: