G‘alla yetishtirishda ham imtiyozli kreditni to‘g‘ridan to‘g‘ri fermerga berishga o‘tiladi

O‘zbekiston 11:00 / 12.02.2024 4871

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda qayd etilishicha, o‘tgan yili g‘alla hosili ilk bor 8 mln tonnaga yetgan.

Yig‘ilishda fermerlar manfaatdorligini yanada oshirish uchun bu yil g‘allachilikda ham yangiliklar qilinishi ta’kidlandi.

Joriy yilda paxtadagi kabi g‘allada ham imtiyozli kreditni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerga berish tizimi joriy qilinadi. Davlat resursi uchun xarid qilingan bug‘doyni daladan tashib kelish va saqlash xarajati 2024 yilda ham to‘liq budjetdan qoplanadi.

Shuningdek, prezident yana 70 ta tumanda mineral o‘g‘it saqlash omborlarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Omborlardagi o‘g‘itlar qoldig‘ini kunlik monitoring qilib, yetishmagan qismini zudlik bilan yetkazish muhimligi qayd etildi.

Buning uchun fevral-aprel oylarida birjaga chiqadigan mineral o‘g‘it kunlik hajmini 6 ming tonnadan 9 ming tonnaga oshirishga ko‘rsatma berildi.

Ko‘proq yangiliklar: