Dok-1 Maks ishi: prokuror Farmagentlikning sobiq mansabdorlariga 18 yildan qamoq so‘radi

O‘zbekiston 16:12 / 12.02.2024 15228

Dok-1 Maks ishi bo‘yicha sudda so‘z olgan prokuror Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.K. va uning ikki o‘rinbosari sifatida ishlagan A.A. hamda M.N.ga 18 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazo tayinlanishini so‘radi. Bu haqda sud majlisida ishtirok etayotgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu mansabdorlarning har birini 3 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish talab qilingan.

Shuningdek, prokuror hindistonlik ayblanuvchi S.R.P.ga 20 yil qamoq jazosi so‘ragan.

Sud majlisida davlat ayblovchisi tomonidan 68 nafar vafot etgan, 16 nafar og‘ir tan jarohati olgan bolalar uchun sudlanuvchilardan 100 mln so‘mdan, 2 nafar yengil tan jarohati olgan bolalar uchun esa 20 mln so‘mdan tovon puli undirish ham so‘ralgan.

Oldinroq Dok-1 Maks ishi bo‘yicha sud tergovi yakunlanib, muzokara bosqichiga o‘tilgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 68 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” dori vositasiga doir jinoyat ishi bo‘yicha ilk sud ishi 2023 yil 11 avgust kuni bo‘lib o‘tgandi. Ish doirasida 23 nafar shaxslar Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan ayblanmoqda. Ularning 9 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Ko‘proq yangiliklar: