Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholiga yana 60 ming gektar yer tarqatiladi
Bu orqali 1,5 mln tonna qo‘shimcha mahsulot olinib, eksport hajmi 200 mln dollarga oshiriladi.

Foto: Kun.uz
Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda meva-sabzavot yetishtirish va eksportini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, shu maqsadda aholiga yana 60 ming gektar yerlar tarqatiladi. Buning natijasida 1,5 mln tonna qo‘shimcha mahsulot olib, eksportni yana 200 mln dollarga oshirish mumkin bo‘ladi. Yoshlarni dehqonchilikka yaxshi o‘qitib, bu yerlarda band qilish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, aholiga bo‘lib berilgan yer maydonlari hamda tomorqa yerlariga sanoat va kooperatsiyani keng olib kirib, qo‘shimcha 1 mlrd dollarlik mahsulot yetishtirish mumkinligi qayd etildi.
Buning uchun 1 trln so‘m kredit uchun resurs ajratiladi. Ushbu kreditlar kooperatsiya asosida mahsulot yetishtirish, texnika, aylanma mablag‘ uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz, 150 mln so‘mgacha garov ta’minoti 50 foizga pasaytirilgan holda beriladi.
Jami 10 mingta texnika fermer va dehqonlarga 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan lizingga beriladi. Chetdan olib kelinib, lizingga beriladigan motokultivator va minitraktorlarga bojxona imtiyozi 3 yilga uzaytiriladi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda issiqxonalarda mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvalash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilab olindi. Issiqxona xo‘jaliklarini kreditlash mexanizmini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Prezident yoqilg‘isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo‘llab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qo‘ydi. Ushbu maqsadlarga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi
Fan-texnika | 22:37
-
Qanday qilib pulni samarali tejash mumkin?
Iqtisodiyot | 22:05
-
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi
Fan-texnika | 21:44
Mavzuga oid

13:57
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025