Kiyevda Zalujniy iste’fosiga qarshi namoyish va Ximkida Z harfi hosil qilgan chang‘ichilar. Urush suratlari

Jahon 14:31 / 11.02.2024 30099

Ukrainada urushning 717-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • The Economist Zalujniy Ukraina QK bosh qo‘mondonligidan iste’foga chiqarilishini «urushning yangi bosqichi» deb atadi.
  • Ukraina milliy xavfsizlik xizmati rahbari Oleksiy Danilov Belgorod yaqinida qulagan Il-76 samolyotida ukrainalik harbiy asirlar bo‘lmaganini aytdi.
  • Xarkivda RF dronlari hujumi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, shundan uch nafari bolalar. Odessa oblastiga hujum oqibatida to‘rt kishi yaralangan.
  • The New York Times nashri yozishicha, yangi yetkazmalar bo‘lmasa, Ukrainada havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun snaryadlar mart oyiga qadar tugaydi.
  • Zelenskiy general-mayor Anatoliy Bargilevichni Ukraina QK bosh shtabi boshlig‘i etib tayinladi.
  • «Moskva» kreyserida halok bo‘lgan matrosning otasi aytishicha, Tergov qo‘mitasi kreyser cho‘kib ketishi bo‘yicha jinoiy ishni yopgan.
  • Yekaterinburgda harbiy memorialga gul qo‘yish aksiyasiga kelgan besh kishi ushlandi. Moskvadagi aksiyada esa ikki jurnalist qo‘lga olingan.

Kiyevda Valeriy Zalujniy iste’fosiga qarshi namoyish

8 fevral kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina QK bosh qo‘mondoni, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon ukrain armiyasini boshqarib kelgan Valeriy Zalujniyni iste’foga chiqardi. Zelenskiy iste’fo sababini ochiqlamagan — shunchaki ukrain armiyasida «shoshilinch o‘zgartirishlar» talab etilganini aytgan. Zalujniy o‘rniga quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy tayinlandi. Zelenskiy uni «ukrainlarning eng tajribali qo‘mondoni» deb atagan. 9 fevral kuni Zelenskiy Zalujniyni Ukraina Qahramoni unvoni bilan taqdirladi.

Prezidentning bosh qo‘mondonni iste’foga chiqarish qarori barcha ukrainlar tomonidan ham ma’qullanmagan. «Meduza»ning Ukraina qurolli kuchlaridagi manbalari Zalujniy iste’fosiga juda salbiy munosabat bildirishgan.

Zalujniy va Sirskiyning qurolli kuchlardagi islohotlarga yondashuv va harbiy harakatlarni qanday olib borish bo‘yicha yondashuvlaridagi farq oxirigacha aniq emas: ularning ikkisi ham urushning so‘nggi yili davomidagi chiqishlarida taxminan bir xil gaplarni takrorlagan. 

Mustaqillik maydoni, Kiyev. Namoyishchilar «Ukraina — eto narod! Vernite Zalujnogo» va «Uvolneniye reytinga ne pribavit» yozuvlari tushirilgan plakatlarni ko‘tarib chiqishgan
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Rossiyaning Xarkivga zarbasidan keyin chiqqan yong‘in

10 fevralga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Shahed dronlari bilan Xarkiv shahri Nemishlyanskiy rayonidagi neft bazaga hujum uyushtirdi. Zarbadan keyin atrofga yonilg‘i sizib chiqishi oqibatida yong‘in boshlangan va bir necha kvartallarni yong‘in qamragan.

Yetti kishi yong‘in qurboni bo‘lgan. Uylardan birida Chugiyiv okruk prokuraturasi Volchansk bo‘limi prokurori Olga Putyatina va uning oilasi halok bo‘lgan — turmush o‘rtog‘i va uch o‘g‘li. Boshqa uyda 66 yoshli erkak va uning 65 yoshli rafiqasi yong‘in qurboniga aylangan.

Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Yevhen Titov / Anadolu / Getty Images
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Yevhen Titov / Anadolu / Getty Images
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Ivan Samoilov / Gwara Media / Global Images Ukraine / Getty Images
Xarkivlik ayol ko‘cha bo‘ylab tarqalgan suv va yonilg‘i aralashmasini yig‘ishtirib olmoqda
Ivan Samoilov / Gwara Media / Global Images Ukraine / Getty Images
Ukrain politsiyasi xodimlari rossiyaliklarning Xarkiv bo‘ylab zarbasi qurbonlari jasadlari oldida
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Sergey Shoygu dronlar ishlab chiqarish zavodida

RF mudofaa vazirligi xabar berishicha, Sergey Shoygu 10 fevral kuni Ijyevskdagi korxonalarda «razvedka va zarbdor dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishi»ni tekshirgan. Xususan, Shoyguga uchuvchisiz uchar qurilmalarning «yashovchanligini sezilarli darajada oshiruvchi» yangi kompozit materiallar namoyish etilgan.
RF mudofaa vazirligi matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA

Ukrain harbiylarining Kreminna yaqinidagi o‘rmonzordagi pozitsiyalari

Ukraina milliy gvardiyasi «Uragan» 1-prezident brigadasi jangchisi Kreminna shahri atrofidagi oldingi chiziqdagi zemlyankada
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA
Zemlyankadan o‘rmonning ko‘rinishi: atrofdagi daraxtlar o‘q va snaryad parchalaridan shikastlangan
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA
«Uragan»ning yaralangan jangchisi zirhli avtomobilda evakuatsiya qilinishi
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA
«Uragan» jangchisi Kreminna o‘rmonidagi pozitsiyaga ketmoqda
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiyalik askarlar asirlar almashuvi oldidan

Rossiya va Ukraina 8 fevral kuni navbatdagi asirlar almashuvini o‘tkazdi — Ukrainaga 100 nafar asir qaytarildi, Kiyev ham Moskvaga shuncha odamni topshirdi. Bu 24 yanvar kuni Belgorod oblastida Il-76 samolyoti halokatga uchraganidan keyin Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘tkazilgan ikkinchi almashuv bo‘ldi.

Rossiyalik harbiylar avtobusda — ular almashuv joyiga olib ketilmoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Rossiyalik harbiy xizmatchi qo‘lida agar yana urushga jo‘natiladigan taqdirda murojaat qilish so‘ralgan «Xochu jit» loyihasi kartochkasini tutib turibdi
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Limandagi vayrongarchilik

Liman — okkupatsiya ostidagi Donetskdan taxminan 100 kilometr shimolda joylashgan strategik muhim shahar bo‘lib, bu yerda yirik temiryo‘l tuguni bor. 2022 yil may oyi oxirida RF qo‘shini Limanni egallab olgandi — Ukraina QK uni o‘sha yil 1 oktyabrida o‘z nazoratiga qaytaradi. Shundan keyin Rossiya qo‘shini shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutib kelmoqda.

Liman meri Oleksandr Juravlyovga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumiga qadar shaharda 20 ming kishi yashagan, 2023 yil dekabr oyiga kelib bu yerda 5400 ga yaqin kishi qolgandi. Juravlyovning so‘zlariga ko‘ra, Limandagi infratuzilmaning 90 foizi shikastlangan yoki to‘liq yakson bo‘lgan.

Donetsk oblasti Liman shahrida vayron bo‘lgan uy
Ignacio Marin / Anadolu / Getty Images

Donbass shimolidagi ukrain artilleriyachilari

«Skorpion» laqabli ukrain harbiysi «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimini jangga tayyorlamoqda
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan rossiyaliklar pozitsiyasiga zarba bermoqda
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

«Rossiya chang‘i» poygasi starti

10 fevral kuni Rossiya shaharlarida 1982 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan «Rossiya chang‘i» poygasi o‘tkazildi. 2024 yilda yugurish Leningrad fashistlar qamalidan ozod etilganining 80 yilligiga bag‘ishlandi. Unda, tashkilotchilar bayonotiga ko‘ra, 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.

Chang‘i poygalaridan biri an’anaviy tarzda Ximkida bo‘lib o‘tgan. Bu yil qatnashchilar startda ulkan Z harfini hosil qilib saflanishgan.

Sergey Ilnitskiy / EPA / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: