Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markazida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi
Mirobod tumanida ro‘y bergan YTH oqibatida uchala mashina haydovchilari hamda bir yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati
8 fevral kuni soat taxminan 15:45 da Toshkent shahri markazida, Mirobod va Nukus ko‘chalari kesishmasida uchta yengil avtomobil — Matiz, Kia va Zeekr ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YHXB Mirobod tumanida ro‘y bergan YTH yuzasidan dastlabki ma’lumotni taqdim etdi.
To‘qnashuv oqibatida Zeekr trotuarga chiqib ketgan, Kia esa trotuar yoqasidagi gazonga chiqib qolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda barcha mashinalar jiddiy shikastlangani, eng jiddiy holat Zeekr avtomobili bilan ro‘y berganini ko‘rish mumkin.
IIBB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchala avtomobil haydovchilari (Kia haydovchisi, 1979 yilda tug‘ilgan V.K; Matiz haydovchisi, 1959 yilda tug‘ilgan R.R; Zeekr haydovchisi shaxsiga oydinlik kiritilmoqda) hamda Zeekr yo‘lovchisi shifoxonaga olib borilgan.
Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan. Fotosuratlardan ko‘rish mumkinki, YTHga bir yoki bir necha avtomobil yuqori tezlikda harakatlangani sabab bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

07:28 / 16.07.2025
Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i ushlandi

13:30 / 02.07.2025
Matbuotchilar ko‘chasidagi qurilish hududida yong‘in ro‘y berdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:56 / 05.05.2025