Manba: «Bavariya» Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda

Sport 17:38 / 06.02.2024 40002

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayevga «Bavariya» klubi qiziqmoqda. Bu haqda rossiyalik futbol agenti Anton Smirnov telegramdagi kanalida xabar bergan.

Manba xabariga ko‘ra, «Bavariya» klubi Abbosbek Fayzullayevga O‘zbekiston U23 safidagi o‘yinlaridan keyin e’tibor qarata boshlagan. Fayzullayev nemis klubi skaut xizmatining diqqat markazida turibdi.

20 yoshli yarimhimoyachi O‘zbekiston yoshlar jamoasi safida Osiyoda chempion bo‘lib, JChda ishtirok etgach, 2023 yilning avgust oyida «Paxtakor»dan 500 ming yevro transfer puli evaziga TsSKA klubiga ko‘chib o‘tgandi. U o‘tgan yarim yil ichida Moskva jamoasida 4 marta oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. U bu orada klubida 18 o‘yinda 2 ta gol va 9 ta assistga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali Fayzullayevning transferini 4 million yevroga baholagan.

Avvalroq, portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza Fayzullayev Yevropa kuchli beshlik chempionatiga ko‘chib o‘tishga tayyorligi haqida gapirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: