Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chinoz tumaniga yangi hokim tayinlandi
Toshkent tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Salihov Chinoz tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlab kelgan Botir Alimbekov oldinroq Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘lgandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Sherzod Abduhakimovich Salihov Chinoz tumani hokimi etib tayinlandi. U xalq deputatlari Chinoz tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida hududning yangi hokimi sifatida tanishtirilgan.
Sherzod Salihov 1982 yili Toshkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2004 yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2017 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.
Sherzod Salihov mehnat faoliyati davomida «Abduhakim baraka» fermer xo‘jaligi rahbari, Zangiota tumani «Navoiy mirishkor» agrofirmasi rahbari, Toshkent tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari singari vazifalarda ishlagan.
Tayinlovga qadar u Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
- 2021 yilning yanvaridan 2024 yil yanvarigacha Chinoz tumaniga hokimlik qilgan Botir Alimbekov oldinroq Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. U avval ham viloyat hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025