Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 88 marta qoida buzgan Spark haydovchisi mashinasidan ayrilishi mumkin

Foto: MIB matbuot xizmati
Toshkentda 88 marta jarimaga tushgan Spark haydovchisi jarimalarini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun avtomobilidan ayrilishi mumkin. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar YHXBBning ma’muriy jarimalari yuzasidan qarzdor Sh.H.dan 88 marta yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmay, buzish oqibatida 40,2 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qarzdorligini undirish belgilangan.
Qarzdorga dastlab berilgan ixtiyoriy muddatda jarima summalarini to‘lamay kelgan. Oqibatda byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, Toshkent shahar YHXBB bilan hamkorlikda olib borilayotgan reyd davomida harakatdan to‘xtatilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, 88 marta qoida buzgan qarzdor fuqaroning Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2023 yil 12 iyundagi qaroriga asosan bankdan 52,8 million so‘m miqdorida qarzdorligi borligi aniqlangan.
Shu sababli Spark bir yo‘la ikkita qarzdorlikni qoplash maqsadida auksion savdolariga chiqarilishi, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari qarzdorliklarga yo‘naltirilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorijga viza olish va ishga jo‘natishni va’da qilgan yana bir firma odamlarni aldab ketgani aytilmoqda
Jamiyat | 11:00
-
DXX hududlarda firibgarlik bilan bog‘liq holatlarni aniqladi
Jamiyat | 10:31
-
Tramp agar kelishuv bajarilmasa, YeIga tariflarni oshirish bilan tahdid qildi
Jahon | 10:00
-
Tramp va Putinning ehtimoliy uchrashuvi. Bu haqda nimalar ma’lum?
Jahon | 09:42
Mavzuga oid

15:32 / 20.07.2025
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi

21:19 / 17.07.2025
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi

12:22 / 15.07.2025
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi

12:16 / 02.06.2025