Osiyo kubogi-2023. Eron Yaponiya bilan o‘yinda 90+6-daqiqada kambek qilib, yarimfinalga chiqdi

Sport 18:40 / 03.02.2024 13141

Osiyo kubogi chorakfinali doirasidagi Yaponiya va Eron o‘rtasidagi uchrashuvda forslar kambek qilib, yarimfinalga yo‘llanma oldi.

Morita 28-daqiqada kunchiqar yurt vakillarini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Mohebiy 55-daqiqada Ozmunning uzatmasini golga aylantirdi – 1:1.

So‘nggi daqiqalargacha hujumkorlikni davom ettirgan forslar 90+6-daqiqada penalti ishlab, Jahonbaxshning goli evaziga yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Osiyo kubogi. 1/4 final

Eron – Yaponiya 2:1

Gollar: 0:1 – 28 Morita, 1:1 – 55 Mohebiy, 2:1 – 90+6, penalti Jahonbaxsh.

Eron – Beyronvand, Rizoyon, Xalilzoda, Kanaanizadegon, Muhammadiy, Chashmiy, Ibrahimiy, Izzatollohiy, Mohebiy (Turobiy, 90), Jahonbaxsh, Quddus, Ozmun (Ansarifard, 90).

Yaponiya – Sudzuki, Maykuma, Itakura, Tomiyasu, Ito, Doan (Asano, 90), Endo, Kubo (Mitoma, 67), Morita (Hosoya, 90), Ueda, Maeda (Minamino, 67).

Ogohlantirishlar: Itakura (24), Ueda (48).

Ko‘proq yangiliklar: