Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumati rahbarlari suv sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Tomonlar transchegaraviy suv havzalarini birgalikda boshqarish va ulardan foydalanish borasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Foto: Kazinform
Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi arafasida Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, tranzit-transport, gaz sohalaridagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni amalga oshirishning borishi va kooperativ sanoat loyihalari natijalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda davlatlararo suv munosabatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar transchegaraviy suv havzalarini birgalikda boshqarish va ulardan foydalanish borasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Alixan Smailov so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. 2022 yilda tovar ayirboshlash hajmi rejalashtirilgan 5 milliard dollarga yetgan. O‘tgan yilning 11 oyida o‘zaro tovar ayirboshlash ham yaxshi natijalarni ko‘rsatib, 4,1 milliard dollarni tashkil etdi.
O‘z navbatida Abdulla Aripov O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Mavzuga oid

21:55 / 18.07.2025
Qozog‘istonlik sobiq diplomat xotinini qiynoqqa solgani uchun 6 yilga qamaldi

22:15 / 16.07.2025
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi

18:56 / 15.07.2025
Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi Toshkentga yangi qatnovni yo‘lga qo‘ydi

18:21 / 14.07.2025