Tarkibida shakar, tuz va transyog‘lari ko‘p bo‘lgan mahsulot reklamalari TVda cheklanishi mumkin
Ishlab chiqaruvchilar mahsulot qadog‘ida transyog‘, shakar va tuz miqdorini ko‘rsatishi shartligi, supermarketlarda sog‘lom turmush tarzi mahsulotlari uchun maxsus “sog‘lom ovqatlanish” javonlarini tashkil etish rejalashtirilyapti.

Foto: Getty Images
Muhokamaga qo‘yilgan 2024 yil uchun mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini yoyish maqsadida “Sog‘lom ovqatlanish strategiyasi”ni tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Bunda quyidagilar belgilangan:
– supermarketlarda sog‘lom turmush tarzi mahsulotlari uchun maxsus “sog‘lom ovqatlanish” javonlarini tashkil etish;
– tarkibida transyog‘lar, shakar va tuz miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni TVda (asosan bolalar uchun telekanallarda) va ko‘chalardagi reklamasini cheklash;
– oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar mahsulot qadog‘ida transyog‘, shakar va tuz miqdorini ko‘rsatish;
– aholiga o‘z sog‘ligi va ovqatlanishini nazorat qilish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mobil ilova yaratish;
– har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun parhez ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
– yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, kattalar va keksalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari to‘plamini yaratish.
Mavzuga oid

21:26 / 10.01.2025
Davlat bog‘chalarida «Yagona mavsumiy taomnoma» joriy etiladi

18:31 / 05.08.2023
JSST sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqdi

12:13 / 06.09.2022
SSV: Maktab oshxonalarida «fastfud» tayyorlash va sotish taqiqlangan

17:02 / 16.11.2021