Qashqadaryoda haydovchi Damas bilan YPX xodimini bosib, sudrab ketdi

Jamiyat 20:05 / 31.01.2024 43431

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Damas haydovchisi YPX xodimini bosib, surib ketdi. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 2024 yil 31 yanvar kuni soat 16:35 larda sodir bo‘lgan.

“Kitob-Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 3-kilometrida viloyat IIB JXX YHXB YPX xodimi N.Musinov davlat raqam belgisi bo‘lmagan Damas haydovchisining hujjatlarini tekshirish maqsadida "to‘xtash" haqidagi ishorani bergan.

Biroq haydovchi to‘xtamasdan Damas’ni xodimning ustiga haydagan. YPX xodimi fuqarolar yordamida mashina ostidan olib chiqilgan va shifoxonaga olib borilgan.

Kitob tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan dastlabki ma’lumotga ko‘ra xodimda boshi, yuzi, qo‘li va oyoqlarida shilingan, qirilgan jarohatlar borligi ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Damas xodimni bosib, uni sudrab ketayotganini ko‘rish mumkin.

Boshqasida bir necha nafar YPX xodimlari fuqarolar bilan birga yurib ketayotgan Damas’ni to‘xtatgani, so‘ng mashinaning bir tomonini ko‘tarib, ostidan xodimni tortib olishgani ko‘rinadi.

Yana bir holatda IIB xodimi Damasʼdan tushirib olingan haydovchining yuziga dubinka bilan urgani tasvirlangan.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: