Kuchli shamol Surxondaryoda qurilayotgan quyosh elektr stansiyasining panellarini qulatdi
Hodisa Sherobod tumanida xorijiy investitsiya hisobidan qurilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasi obektida sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sherobod tumanida barpo etilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasida kuchli shamol tufayli quyosh panellariga zarar yetgani haqida xabarlar va video tarqaldi.
Videoda oyoq ostiga qulab tushib, yaroqsiz holga kelgan ko‘plab quyosh panellarini ko‘rish mumkin.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, holat 2024 yil 28 yanvar kuni yuz bergan. Fotoelektr stansiyasi hududida sodir bo‘lgan kuchli shamol tufayli hali to‘liq o‘rnatilmagan quyosh panellarining 91 donasi yerga tushib ketgan.
Hozirgi vaqtda ularning texnik holati o‘rganilmoqda va yaroqli panellarni o‘rnatish ishlari ketmoqda.
Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida 1 millionga yaqin quyosh panellarining o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Qurilish jarayoniga ikki mingdan ortiq mahalliy aholi jalb etilgan.
Qurilish jarayonida quyosh panellarining yaroqsiz holatga kelishi mumkinligi e’tiborga olingan bo‘lib, qo‘shimcha quyosh panellari zaxira sifatida olib kelingan.
“Aytish kerakki, mazkur loyiha BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan 100 foiz xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda va unga O‘zbekiston tomonidan hech qanday mablag‘ ajratilmagan. Mahalliy jamoatchilik faollaridan ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

12:31 / 03.03.2025
Beruniyda kuchli shamol ko‘p qavatli uyning tomini uchirib yubordi

11:50 / 10.02.2025
Surxondaryoda katta miqdordagi giyohvandlik moddalari qo‘lga olindi

10:51 / 10.02.2025