Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtobuslarni xarid qilishda ularning yo‘lovchi sig‘imi hisobga olinadi
Prezident avtobuslarni xarid qilishda ularning yo‘lovchi sig‘imiga ko‘proq e’tibor qaratish, shuningdek Toshkent metrosidagi vagonlar sonini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Aholi eletromobillarga o‘tishga rag‘batlantiriladi.

Foto: Transport vazirligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida jamoat transportini rivojlantirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.
«Tahlillarga ko‘ra, tirbandliklar ham havoning tozaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayapti.
Chunki, harakatdagi avtomobilga qaraganda tirbandlikda turganlari havoni ko‘proq ifloslantiradi.
Shu sababli, jamoat transportini rivojlantirish borasidagi ishlar yanada jadallashtiriladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Endilikda avtobuslar xarid qilishda ularning yo‘lovchi sig‘imiga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, metro vagonlari sonini oshirish bo‘yicha amaliy choralarni ham tezlashtirish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bundan tashqari, «yashil energetika»ni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarning oldini olish va zararli oqibatlarni kamaytirish maqsadida aholini elektromobillarga o‘tishini rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil aprelida Rossiyaning «Metrovagonmash» kompaniyasi yil oxiriga qadar Toshkent metropoliteni uchun yana 56 ta vagon (14 ta tarkib) yetkazib berishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Kompaniya bunga qadar 2019−2021 yillarda jami 60 ta vagon yetkazib bergan.
2023 yil oktyabrida Toshkent metropoliteni 2024 yilda qo‘shimcha 104 vagon qabul qilib olinishi rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.
- Bugungi yig‘ilishda prezident bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa mas’ul rahbarlarga Toshkent shahridagi tirbandliklar muammosini hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. «Shaharsozlik va yo‘l harakatiga mas’ul barcha bo‘g‘indagi rahbarlar „Shahar — piyodalar uchun“ degan shiorni o‘zining asosiy tamoyili qilib olishi shart. Bunda, jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
- Shuningdek, prezident bosh vazir Abdulla Aripovga O‘zbekistonda 2025 yildan Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi. Bundan tashqari, og‘ir yuk mashinalari, 10 yildan oshgan avtomobillar hamda Yevro-4 standartidan past yonilg‘ini ishlatishning atrof-muhitga zararini kamaytirish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
-
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:10
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
Mavzuga oid

15:32 / 20.07.2025
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi

23:57 / 17.07.2025
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

14:32 / 17.07.2025
Berlinda jamoat transportida pichoq bilan yurish taqiqlandi

16:44 / 09.07.2025