Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video olgan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi
Ular buning uchun uzr so‘rab chiqqani yetarli bo‘lmadi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar sudning xabar berishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining 2024 yil 27 yanvar kungi qaroriga muvofiq Sh. O. va R. A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-1-moddasi (tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish), 189-2-moddasi (jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ular suratga olgan videoda ayolni eri urgani uchun otasinikiga ketib qolgani, otasidan kuyovi bilan gaplashib qo‘yishni so‘raganida esa ota qizini uyiga qaytarib yuborgani aks ettirilgan.
«Biz uch-to‘rt kun avval ijtimoiy tarmoqdagi sahifamizga ayol har qanday holatda eriga itoat qilishi kerak, degan mazmundagi videoni joylashtirgan edik. Ushbu videomizda ko‘rsatilgan holat O‘zbekiston gender tengligi to‘g‘risidagi qonunga zid ekan. Shuning uchun ushbu video internet foydalanuvchilari tomonidan salbiy izohlarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan uzr so‘raymiz va kelajakda bunday video olmaslikka so‘z beramiz», — deya uzr so‘ragandi vaynerlar.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Bolalarga zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va ularni himoya qilish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:36
-
Farg‘onada og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi
O‘zbekiston | 18:32
-
Rossiyaning benzin eksportiga taqiqi O‘zbekistonga ta’sir qilmasligi aytildi
Iqtisodiyot | 17:58
Mavzuga oid

18:36
Bolalarga zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va ularni himoya qilish tartibi belgilandi

10:28 / 23.07.2025
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi

07:28 / 23.07.2025
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

13:39 / 14.07.2025