«Bunday davom etishi mumkin emas». Xavi mavsum yakunida «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi joriy mavsum uning uchun klubdagi so‘nggisi bo‘lishini ma’lum qildi.
«Barsa» La Liga 22-turi doirasida «Vilyarreal»ga yutqazgach (3:5), Xavi o‘yindan keyin mavsum yakunida klubdan ketishini e’lon qildi.
«30 iyun kuni jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ketishimni e’lon qilmoqchiman. Klub prezidenti bilan birga shunday qarorga keldik. Hozirgi vaziyat o‘zgarishga muhtoj, men klub muxlisi sifatida bunday davom etishi mumkin emas deb hisoblayman», - deydi Xavi.
Ma’lumot uchun, «Barsa» 2020 yildan keyin ilk marta bir o‘yinda o‘z darvozasidan 5ta to‘p olib chiqdi. Klub 44 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025