O‘zbekiston | 18:00 / 28.01.2024
64466
1 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi «Do‘stlik» bojxona postida xodim yo‘lovchi ayolning yuklarini tepib tashlagani aks etgan video tarqaldi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: Videodan kadr

2024 yil 27 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida joylashgan “Do‘stlik” bojxona postida bojxona xodimi chegarani kesib o‘tayotgan ayolga juda qo‘pol munosabatda bo‘lgani va uning sumkalarini tepib tashlagani tasvirlangan video tarqaldi.

Videoda bir guruh bojxona xodimlari quyushqondan chiqayotgan xodimning xatti-harakatlarini xotirjam tomosha qilib turgani tasvirlangan. Bundan tashqari, xodim yo‘lovchi ayolga baqirayotgan kezda xodimlardan biri o‘sha yerdan o‘tib ketayotgan boshqa bir ayolning yelkasiga ilingan katmonsimon kichik sumkachaga qo‘l yuborganini (!) ham ko‘rish mumkin.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi o‘z munosabatida videodagi hodisa 2023 yil 25 oktyabr kuni bo‘lganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda xodimning xatti harakatiga nisbatan xizmat tekshiruv tayyorlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Mavzuga oid