Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi jon boshiga real daromadlarning o‘sishi sekinlashdi
2023 yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlar 20 mln so‘mni tashkil etib, real o‘sish 2,4 foiz bo‘ldi. Bu boradagi eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (44,4 mln so‘m), eng quyi ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda (14,5 mln so‘m) qayd etildi. Beshta viloyatda aholi jon boshiga real daromadlar qisqarishi yuz berdi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 2023 yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 2,4 foizni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada sekinlashgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2022 yilda 7,3 foiz bo‘lgan. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida qayd etilgan.
Agentlikka ko‘ra, o‘tgan yil yakuni bo‘yicha aholining umumiy daromadlari 728,8 trln so‘mni tashkil etgan. Xususan, umumiy daromadlarning nominal o‘sishi 15 foiz, real o‘sish sur’ati 4,6 foiz bo‘lgan.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar 20 mln so‘mni tashkil etgan. 2023 yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi Toshkent shahrida (44 427 900 so‘m) va Navoiy (31 445 600 so‘m), Buxoro (23 480 300 so‘m), Toshkent (20 730 200 so‘m) hamda Xorazm (20 076 600 so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlarda qayd etilgan.
Eng quyi ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (14 570 000 so‘m), Namangan (15 070 600 so‘m) va Farg‘ona viloyatlarida (15 716 500 so‘m) kuzatilgan.
Hududlar bo‘yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Toshkent shahri (7,6 foiz), Navoiy (5,7 foiz), Sirdaryo (4,4 foiz), Andijon (4,4 foiz) va Jizzax (4,3 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
E’tiborlisi, 5ta hududda: Xorazm (-6,4 foiz), Surxondaryo (-0,8 foiz), Samarqand (-0,5 foiz), Buxoro (-0,4 foiz) va Namangan (-0,3 foiz) viloyatlarida aholi jon boshiga real daromadlar qisqargan. Ya’ni bu hududlar aholisi o‘rtacha olganda kambag‘allashgan.
Aholining umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 29,7 foiz ulushga ega bo‘lgan yollanma ishchilarning daromadlari va 34,3 foiz ulushga ega mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar hamda 26,7 foizni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
Kun.uz avvalroq 2023 yilda davlat budjeti daromadlarining o‘sishi keskin sekinlashgani haqida xabar bergandi.
Shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 6 foizga o‘sib, 90,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Aholi jon boshiga YaIM 29,3 mln so‘m yoki 2494 dollarga yetgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda kelinini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 7 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:41
-
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi
O‘zbekiston | 12:33
-
Mers: Germaniya Ukraina uchun AQShdan Patriot tizimlarini sotib olishga tayyor
Jahon | 12:30
-
O‘zbekistonda tez yordamga birorta ham yolg‘on chaqiriq bo‘lmagan hudud aytildi
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

10:02 / 28.06.2025