Qozog‘iston Rossiyadan O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshiradi 

Iqtisodiyot 18:48 / 26.01.2024 10497

2024 yilda Rossiya neftini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit qilish hajmi rejalashtirilgan 500 ming tonnadan 550 ming tonnagacha oshiriladi. Bu haqda Qozog‘istonning «KazTransOyl» kompaniyasi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, Qozog‘iston Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neft yetkazib berish jadvaliga muvofiq, yanvar oyida «KazTransOyl» Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga 25 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berishni ta’minlaydi. 

«KazTransOyl» kompaniyasi magistral neft quvurlari tizimi orqali Rossiya neftini O‘zbekistonga yetkazib berishni 2017 yilda boshlagan. 2017 yilda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani, 2018 yilda 35,8 ming tonnani tashkil etgan. 2019-2022 yillarda Rossiya neftining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranziti bo‘lmagan. 2023 yilda «KazTransOyl» O‘zbekistonga 154,3 ming tonna Rossiya neftini yetkazib bergan. 

2023 yil kuzida Rossiya va O‘zbekiston neft yetkazib berish, shuningdek, temir yo‘l orqali neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. Hujjat Rossiya prezidentlari Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha imzolandi. Unda kutilayotgan ta’minot hajmi haqida ma’lumot berilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: