Isroil O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida yagona raqamli platformani joriy etishi mumkin
Isroil kompaniyasi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha yagona raqamli platformani joriy qilish taklifini ilgari surmoqda.

Foto: Getty images
O‘zbekiston diplomatlari Isroilning Ewave MD Medical kompaniyasi ta’sischilari Shaul Nakar va Yossi Yan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda Isroil kompaniyasining yechimlariga asoslangan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamdan boshlab, sog‘liqni saqlash tizimini monitoring va nazorat qilish uchun yagona raqamli platformani joriy qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Kompaniya rahbarlarining aytishicha, taklif etilayotgan platforma g‘arb analoglariga qaraganda O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan hamda o‘zgaruvchan talablarga javob berish xususiyatlarga ega.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida Ewave MD Medical kompaniyasi dasturining pilot loyihasini O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirliklari vakillari bilan muhokama qilish va amalga oshirish haqida kelishib olindi.
Mavzuga oid

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

12:50 / 06.03.2025