Xorazmda sement solingan qoplar ichidan qariyb 10 kg «opiy» topildi
Samarqandda yashovchi, muqaddam 3 marotaba sudlangan shaxs yuk avtomashinasini buyurtma qilib, sement mahsulotlari niqobi ostida, ushbu moddani Xorazm viloyatiga sotish uchun olib kelgan.

Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona organlari xodimlarini jalb qilgan holda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
DXX xabariga ko‘ra unda Samarqand shahridan Urganch shahriga sement mahsulotlari olib kelgan yuk avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada sement mahsulotlari solingan qoplar ichiga yashirib qo‘yilgan 10 dona o‘ramda 9 kg 754 gr “opiy” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Urgut tumanida yashovchi, muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlari uchun 3 marotaba sudlangan shaxs yuk avtomashinasini buyurtma qilib, sement mahsulotlari niqobi ostida, ushbu moddani Xorazm viloyatiga sotish uchun olib kelgan.
Ushbu narkotik moddalar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan.
Hozirda DXX Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid

22:08 / 24.02.2025
Xorazmda ota o‘z o‘g‘li, kelini va nabirasiga ov miltig‘idan o‘q uzdi

14:21 / 20.02.2025
Xorazm viloyati sholi yetishtiruvchilari qo‘shimcha subsidiyalar oladi

11:20 / 16.02.2025
Xorazmda Damas urib yuborgan velosiped haydovchisi halok bo‘ldi

14:00 / 15.02.2025