Samarqandda noqonuniy tilla qazuvchilar 753 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlab ishlatdi

Jamiyat 19:25 / 23.01.2024 10123

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida noqonuniy tilla qazuvchilar juda katta miqdordagi elektr energiyasini o‘g‘irlab ishlatgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.X. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, noqonuniy ravishda toshlarni qazib olish, qayta ishlash va sotish uchun hech qanday hujjatsiz elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanib olib, jami 753 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganliklari aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: