Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aviakompaniyalar soni 11 taga yetdi

Foto: Kun.uz
17 yanvar kuni Fly Khiva mahalliy aviakompaniyasi ilk samolyotini qabul qilib oldi.
Reykyavikdan yetib kelgan Boeing 767-304 kargo samolyoti orqali Urganchda joylashgan Fly Khiva Dubay, Istanbul, Dehli va Hongkong yo‘nalishlarida yuk reyslarini amalga oshirishni rejalagan.
Ushbu yangilik fonida Berlindagi Business News Europe nashri O‘zbekistondagi yo‘lovchi tashuvchi aviakompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
«O‘zbekiston uch yilda o‘z aviakompaniyalari sonini 10 barobar ko‘paytirdi», deya yozadi nashr Britaniyaning ECA50 Plc kompaniyasi e’lon qilgan hisobotga asoslanib.
«O‘tgan bir necha yil davomida, asosan koronavirus pandemiyasi tufayli, dunyo bo‘ylab 64 ta aviakompaniya kasodga uchrab, rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Shunday iqtisodiy talafotlar, investorlar o‘z pullarini yo‘qotishi davrida O‘zbekiston aviakompaniyalar tashkil etilishi borasida oldingi o‘rinlarda ketmoqda», deydi ECA50 Plc iqtisodiy tadqiqotlar kompaniyasi asoschisi Alisher Jumanov.
U yangi aviakompaniyalar paydo bo‘lishi, raqobat va aviasayohatlar uchun tanlov ko‘payishini kuzatish quvonarli ekani, O‘zbekiston mintaqada aviatsiya habiga aylanish salohiyatiga egaligini ta’kidlagan.
2021 yilgacha mahalliy reyslar va ko‘plab xalqaro yo‘nalishlarda ham faqat bitta aviakompaniya xizmatidan foydalanish imkoniyati bilan cheklangan o‘zbekistonliklar bugun qariyb 11 ta kompaniya xizmatidan foydalanishi mumkin.
Infografikada O‘zbekistondagi faol aviakompaniyalar, ulardagi uchoqlar soni, ularning habi va faoliyatini boshlagan yili ko‘rsatilgan. Ulardan uchtasi davlat, oltitasi xususiy, bittasi chet el kapitali ishtirok etgan aviakompaniyalardir.
O‘zbekistonda ham, boshqa mamlakatlarda ham aviakompaniya tashkil qilish ko‘p xarajatli, murakkab tekshiruv va sinov jarayonlaridan o‘tishni talab etadigan biznesdir. Virgin Atlantic aviakompaniyasi asoschisi, mashhur biznesmen Richard Brenson bejiz «millioner bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, milliard dollar pul bilan aviakompaniya oching» demagan edi.
O‘zbekistonda yangi ochilgan aviakompaniyalar o‘z flotlarini kengaytirish bo‘yicha katta maqsadlar qo‘ygan, O‘zbekiston fuqarolik aviatsiyasi agentligi yangi ekspluatantlarga litsenziyalar bermoqda.
1990 yilda 20 milliondan ko‘proq aholisi bo‘lgan O‘zbekiston 2024 yil oxirigacha 37 millionlik marraga erishadi. Mamlakatga kelayotgan sayyohlar soni ham oshib bormoqda. Bu albatta aviaqatnovlar uchun yaxshi bozor borligi va kelgusi yillarda shu trend saqlanishini anglatadi. Shu bilan birga, aviatsiya sohasida xavfsizlik va nazoratni ta’minlash muhimligicha qolmoqda.
Saidaziz A’zamov
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
-
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi
O‘zbekiston | 09:03
-
Rossiyada yana bir harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 08:42
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
Mavzuga oid

11:13 / 27.12.2024
O‘ligi ham, tirigi ham topilmagan 239 kishi – 10 yil oldin izsiz yo‘qolgan Boeing 777

12:37 / 14.12.2024
Fuqaro aviatsiyasi tarixidagi eng yirik halokatlar

01:11 / 03.04.2018