Globe Soccer Awards-2023. Holand - eng yaxshi futbolchi, Gvardiola - eng yaxshi murabbiy, Ronalduga 3ta sovrin berildi

Foto: AP
Dubayda yil yakunlari bo‘yicha an’anaviy Globe Soccer Awards marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Manchester Siti» bilan treblga erishgan hujumchi Erling Holand eng yaxshi futbolchi, Xosep Gvardiola eng yaxshi murabbiy deb topildi.
«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 3ta nominatsiyada sovrin qo‘lga kiritdi.
Barcha nominatsiyalar g‘oliblari:
Eng yaxshi futbolchi — Erling Holand («Manchester Siti»)
Eng yaxshi ayol futbolchi — Aytana Bonmati («Barselona»)
Eng yaxshi murabbiy — Pep Gvardiola («Manchester Siti»)
Eng yaxshi darvozabon — Ederson («Manchester Siti»)
Eng yaxshi yarimhimoyachi — Rodri («Manchester Siti»)
Eng yaxshi klub — «Manchester Siti»
Eng yaxshi ayollar jamoasi — «Barselona»
Yaqin Sharqning eng yaxshi klubi — «Al Ahli» (Misr)
Muxlislar talqiniga ko‘ra eng yaxshi futbolchi — Krishtianu Ronaldu («An Nasr»)
Maradona nomidagi sovrin — Krishtianu Ronaldu («An Nasr»)
Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yaxshi o‘yinchi — Krishtianu Ronaldu («An Nasr»)
Ko‘zga ko‘ringan yulduz — Jud Bellinghem («Real»)
Eng yaxshi prezident — Haldun al Muborak («Manchester Siti»)
Eng yaxshi sport direktori — Kristiano Juntoli («Napoli»/ «Yuventus»)
Faoliyati uchun — Jon Terri («Chelsi» sobiq himoyachisi) va Kazemiro («MYu»)
Eng yaxshi agent — Jorjye Mendesh
Murabbiylik faoliyati uchun — Lionel Skaloni (Argentina)
Eng yaxshi jurnalist — Fabritsio Romano
Eng yaxshi kontentlar yaratgan klub — «Roma»
Eng yaxshi kontentlar yaratgan futbolchi — Rafael Leau («Milan»)
Mavzuga oid

00:29 / 18.11.2022
«Real» - yilning eng yaxshi klubi, Benzema – yil o‘yinchisi, Anchelotti – eng yaxshi murabbiy. Globe Soccer Awards-2022 laureatlari e’lon qilindi

23:34 / 27.12.2021
Globe Soccer Awards. Mbappe - yilning eng yaxshi o‘yinchisi, Manchini - eng yaxshi murabbiy. Boshqa nominatsiyalarda ham g‘oliblar aniqlandi

01:00 / 28.12.2020
Globe Soccer Awards: Levandovski – yil futbolchisi, Ronaldu – asr futbolchisi, «Real» – asr jamoasi

01:46 / 30.12.2019