Vazirlik xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qaratilmoqda. Biroq, chorva mollarini boqish va ularni yuqumli kasalliklardan asrash borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina.
Bugun mamlakatda tez-tez uchrab turadigan oqsil kasalligi chorva mollariga jiddiy zarar yetkazayotgani, ushbu kasallikka qarshi vaksina xorijdan olib kelinishi, bu moliyaviy xarajatlarning oshishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.
JINHAI Technology kompaniyasi vakillari mazkur muammoning yechimi sifatida O‘zbekistonda chorva mollarini yuqumli kasalliklardan asrash bo‘yicha vaksina ishlab chiqaradigan hamkorlikdagi qo‘shma korxona tashkil etish taklifi berdi. Ushbu taklif vazirlik mutasaddilari tomonidan ma’qullanib, hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.