Toshkent metrosining «Kosmonavtlar» bekatida kichik yong‘in chiqdi
Toshkent metrosining «Kosmonavtlar» bekatida kichik yong‘in ro‘y berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yo‘lovchilar vagondan tushirilib, ulardan bekatni tark etish so‘ralganini ko‘rish mumkin.
«Toshkent metropoliteni» DUK holat yuzasidan izoh berdi.
Unga ko‘ra, 17 yanvar kuni soat 19:30 larda «Kosmonavtlar» metro bekatiga kirib kelgan 40-sonli harakat tarkibining vagon elektr qismida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Shu bois, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar bekatga tushirilgan hamda mashinist tomonidan belgilangan yo‘riqnomaga asosan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilib, nosozlik bartaraf etilgan. Bu holat yo‘nalishdagi harakat jadvaliga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.
Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raldi.
Mavzuga oid

05:29
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

10:23 / 10.03.2025
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025